A'zo bo'lish shartlari
Konsorsium imkoniyatlaridan foydalanish uchun Respublikadagi barcha axborot-kutubxona muassasalari a'zo bo'lishi mumkin. A'zo bo'lish uchun bir qancha huquqiy va texnik mezonlarga mos kelish lozim.
Barcha turdagi kutubxonalar qo'shilish huquqiga ega:
OTM kutubxonalari
AKM — axborot-kutubxona markazlari
Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy kutubxonalar
Ixtisoslashgan kutubxonalar
Maktab kutubxonalari
Idoraviy kutubxonalar va boshqalar
Konsorsiumga qo'shilish tartibi
- 1Milliy kutubxonaga rasmiy murojaat bilan aloqaga chiqish yoki onlayn ariza qoldirish
- 2Quyidagi texnik talablarga mos bo'lish
Texnik talablar
- Xalqaro bazalarga IP-autentifikatsiya orqali integratsiya qilish uchun tashkilotning doimiy statik IP-manzili (Static IP) mavjudligi
- Foydalanuvchilar uchun kompyuter zallari va internet mavjudligi
- Kutubxonada bazalar bilan ishlashni muvofiqlashtiruvchi mas'ul xodim mavjudligi
Axborot xavfsizligi va resurslardan to'g'ri foydalanish siyosati (Fair Use Policy)
- Tijoriy maqsadda foydalanmaslik: yuklab olingan ilmiy maqolalarni uchinchi shaxslarga pullik asosda tarqatish yoki sotish qat'iyan man etiladi.
- Parollarni almashish taqiqi: masofaviy kirish (Remote Access) login va parollaridan faqat o'sha muassasa xodimi yoki talabasi foydalanishi mumkin, ularni ijtimoiy tarmoqlarga chiqarish mumkin emas.