Missiya va vazifalar
Missiya
O'zKKAPning asosiy missiyasi — mamlakatdagi barcha axborot-kutubxona resurslarini yagona intellektual makon platformasida birlashtirish orqali foydalanuvchilarning axborotga bo'lgan ehtiyojlarini tezkor, sifatli va teng huquqli ta'minlash, shuningdek, kutubxonalararo hamkorlikni raqamli transformatsiya qilishdir. Asosiy g'oya — resurslarni birgalikda ishlatish (Resource Sharing) orqali ilm-fan va ta'lim samaradorligini oshirish.
Vazifalar
Portal o'z oldiga quyidagi ustuvor vazifalarni qo'yadi:
- "Yagona darcha" tamoyili asosida barcha turdagi resurslarga kirish imkoniyatini yaratish;
- Kutubxonaning qaysi resurslarga ehtiyoji borligini aniqlash va mos bazalarni tavsiya qilish;
- Kutubxona ko'rsatkichlari (byudjet, talabalar soni, ilmiy salohiyat)ga mos konsorsium turini aniqlash va tavsiya qilish;
- Qaysi kutubxonalar bilan resurs almashish mumkinligini tavsiya qilish;
- O'zaro birlashib elektron bazalarni sotib olish mumkin bo'lgan kutubxonalar ro'yxatini tavsiya qilish;
- Statistik tahlillarni taqdim etish;
- Kutubxonalararo abonement (KAB) va hujjatlarni elektron yetkazib berish (EDD) tizimini avtomatlashtirish;
- Ilmiy-tadqiqot ishlari uchun dolzarb adabiyotlar monitoringini yuritish;
- Xalqaro ma'lumotlar bazalari (EIFL, Scopus, Web of Science va h.k.) bilan integratsiyani ta'minlash va ulardan konsorsial foydalanishni tashkil etish;
- Chet el kutubxona konsorsiumlari bilan tajriba va resurs almashish;
- Librarian-researcher (kutubxonachi-tadqiqotchi) modelini rivojlantirish;
- Masofaviy xizmatlar va virtual ma'lumotxona xizmatini yo'lga qo'yish;
- Kutubxona xodimlari malakasini oshirish bo'yicha seminar va treninglar bazasini yaratish.
Natijalar
Kutubxona xarajatlari optimallashadi — bir xil resursni bir necha marta sotib olish kamayadi.
Tadqiqotchilarning axborot izlashga sarflaydigan vaqti 30–40% ga qisqaradi.
O'zbekistonning ilmiy salohiyati xalqaro darajada ko'rinish beradi.