Milliy bazalar

O'zbekiston Milliy kutubxonasining elektron portallari va milliy ma'lumotlar bazalari.

Natlib.uz

www.natlib.uz

O'zbekiston Milliy kutubxonasining rasmiy veb-portali. Portal foydali elektron resurslar bilan har kuni yangilanadi — hozirda 550 mingdan ortiq elektron resurs mavjud. 21 ta yirik kutubxona bilan o'zaro integratsion qidiruv yo'lga qo'yilgan, ya'ni Respublikaning barcha hududlaridagi yirik kutubxonalar elektron kitoblarini yagona portal orqali topish mumkin. Ro'yxatdan o'tgach, huquqiy adabiyotlar, maqolalar, darsliklar, o'quv qo'llanmalar, ilmiy ishlar va avtoreferatlardan onlayn foydalanish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Diss.natlib.uz

diss.natlib.uz

Barcha dissertatsiyalar Milliy kutubxona xodimlari tomonidan PDF formatiga o'tkazilib, har kuni saytga yuklab boriladi. Kutubxonaga tashrif buyurib "Ilm" zali kompyuterlaridan ilmiy ishlar bilan 100% tanishish mumkin, masofadan esa uy kompyuteri yoki telefon orqali 15% qismigacha foydalanish mumkin. Barcha elektron dissertatsiyalar va avtoreferatlar bepul.

Media.natlib.uz

media.natlib.uz

Milliy kutubxonaning media portali. Bu yerda kutubxona faoliyati va tarixi, ilmiy-ta'limiy hamda ilmiy-ommabop mavzulardagi kitob trillerlari va audiokitoblar, gramplastinkalar, biografiya-xotiralarga oid 450 dan ortiq video va 650 dan ortiq audiokitobni tinglash, ko'rish va yuklab olish mumkin.

Press.natlib.uz

press.natlib.uz

Vaqtli matbuot nashrlari portali. Baza 1935–2026-yillar oralig'ida 69 nomdagi 125 268 ta gazetani elektron shaklda o'qish imkoniyatini taqdim etadi.

Nodir.natlib.uz

nodir.natlib.uz

Milliy kutubxonada mavjud nodir nashrlar portali.