Konsorsium a'zolari uchun obuna asosida taqdim etiladigan xalqaro elektron resurslar va ularning batafsil tavsifi.
Kompaniya 1944-yildan beri faoliyat yuritadi. "EBSCO Information Services" dunyodagi yetakchi nashriyotlarning ilmiy manbalarini to'playdi. O'zbekiston Milliy kutubxonasi har yili EBSCOning 15 ta to'liq matnli ma'lumotlar bazasiga onlayn obuna tashkil etadi.
Bazalar tarkibi:
- Academic Search Premier
- Business Source Premier
- MasterFILE Premier
- Medline Full Text
- Education Search Complete
- ERIC — Education Resource Information Service
- GreenFILE
- Legal Source
- Science and Technology Collection
- Art Source, Art & Architecture Source
- eBook Academic Collection
- eBook Business Collection
- Library, Information Science & Technology Abstracts (LISTA)
- EBSCO Open Dissertations
- European Views of the Americas: 1493 to 1750
- EBSCO eBooks
Dunyodagi eng yirik to'liq matnli dissertatsiyalar onlayn bazasi. ProQuest Dissertations & Theses Global 4 mingdan ortiq universitetdan 5 millionga yaqin ilmiy ishni qamrab oladi. Hamkor universitetlarning kengayib borayotgan global tarmog'i tufayli har yili 200 mingdan ortiq ish qo'shiladi. So'nggi yillarda 80 Xitoy universitetidan 150 ming dissertatsiya, shuningdek Yevropa, Buyuk Britaniya va Hindiston oliy o'quv yurtlarining ilk bor raqamlashtirilgan dissertatsiyalari qo'shildi.
Oxford University Press davlat, korporativ, tibbiy va yuridik tashkilotlar kutubxonalari foydalanuvchilari uchun elektron resurslardan foydalanish imkonini beradi. Nashriyot turli mavzularni qamrab olgan 375 ta nufuzli jurnalni nashr etadi. Jurnallarning aksariyati Web of Science tahliliy tizimiga kiritilgan va Journal Citation Reports (JCR) dagi yuqori impakt-faktorlarga ega. Jurnallar arxivi 1996-yildan joriy yilgacha mavjud, to'liq matnlarni yuklab olish mumkin.
Qamrab oluvchi yo'nalishlar:
Ijtimoiy fanlarGumanitar fanlarHuquqTibbiyotHayotiy fanlarMatematika va aniq fanlar
PressReader dunyoning 3000 dan ortiq kunlik gazetasi va 800 dan ortiq jurnaliga kirish imkonini beradi. Bu 97 mamlakatda 54 tilda nashr qilingan 2200 nomdagi gazeta va jurnalning to'liq matnli bazasidir. Gazeta va jurnallarning 90 kungacha bo'lgan o'tgan sonlari saqlanadi, kontent 8 tilga tarjima qilinishi mumkin. Bazaga IP-manzil, Wi-Fi tarmog'i yoki kitobxonlik bileti orqali kirish mumkin.
East View Information Services — Minneapolis shahridagi (AQSH) xalqaro kompaniya. Mazkur baza Rossiyaning pedagogika va ta'limga oid nashrlari bazasidir. Har bir jurnaldagi maqolalarni yuklab olish, nusxa ko'chirish va elektron pochta orqali yuborish mumkin. Arxiv so'nggi 10–15 yilni qamrab oladi.
Tarkibi:
Huquq faniga oid nashrlarPedagogika va ta'limYetakchi va eng mashhur jurnallarRus tilidagi ilmiy va amaliy jurnallar
Xitoyning eng yirik va nufuzli akademik onlayn kutubxonasi. Platforma orqali Xitoy akademik jurnallarining to'liq matnli bazasiga kirish imkoniyati taqdim etiladi. Baza nafaqat Xitoy, balki jahon ilm-fanida o'z o'rniga ega millionlab ilmiy ishni qamrab oladi va tadqiqotchilarga eng so'nggi ilmiy yangiliklardan xabardor bo'lish imkonini beradi.
10 ta asosiy mavzu yo'nalishi:
Fundamental fanlarMuhandislik va texnologiyalarAxborot texnologiyalariQishloq xo'jaligiTibbiyot va gigiyenaFalsafa va gumanitar fanlarIjtimoiy fanlarIqtisodiyot va menejmentSiyosat va huquqTa'lim va fan
Buyuk Britaniyaning biznes va menejment sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni nashr etish bo'yicha dunyodagi yetakchi nashriyotlaridan biri. Emerald Insight platformasi nazariy bilimlar bilan birga amaliy tajribalarni ham jamlaydi va akademik dunyo bilan amaliy biznes o'rtasida ko'prik vazifasini bajaradi. Baza iqtisodiyot, moliya, biznes boshqaruvi va strategik rejalashtirish bo'yicha taqrizdan o'tgan nufuzli jurnallarni taqdim etadi.
Asosiy yo'nalishlar:
Buxgalteriya, moliya va iqtisodiyotBiznes, menejment va strategiyaMarketing va jamoatchilik bilan aloqalarInson resurslarini boshqarish (HR)Operatsion, logistika va sifat menejmentiDavlat boshqaruvi va ekologik menejmentTurizm va mehmondo'stlik
Wiley Online Library — hayot, salomatlik va fizika fanlari, ijtimoiy hamda gumanitar fanlarni qamrab olgan dunyodagi eng keng va chuqur multidisipliner onlayn resurslar to'plami — ilmiy portal. Bu yerda ko'plab sohalarga oid onlayn kitoblar va ma'lumotnomalardan foydalanish mumkin.
Qamrab oluvchi yo'nalishlar:
Qishloq, suv xo'jaligi va oziq-ovqat fanlariArxitektura va rejalashtirishSan'at va amaliy san'atBiznes, iqtisodiyot, moliya va buxgalteriyaKimyoKompyuter fanlari va ATYer, koinot va atrof-muhit fanlariGumanitar fanlarHuquq va kriminologiyaHayot fanlariMatematika va statistikaTabobatHamshiralik, stomatologiya va sog'liqni saqlashFizika fanlari va muhandislikPsixologiyaIjtimoiy va xulq-atvor fanlariVeterinariya tibbiyoti